
- 6
- 07.11.2023 16:29:00
Ayrim “HUMO” bankomatlari vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi
Humo bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi sababli ayrim bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi.
Ayni paytda HUMO bankomatlarida pul yechib olishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Shu sababli HUMO to‘lov tizimi aholiga murojaat bilan chiqdi:
“Hozirda HUMO bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi va bu vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar ba’zi bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi. Uzilish HUMO bankomatlarining taxminan 30 foiziga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu bankomatlarning qachon ishlashi haqida alohida xabar beramiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, -- deyiladi xabarda.