
- 1
- 18.12.2025 17:05:00
- 1 daq o'qish
FIFA Kengashi 2026-yilgi Jahon chempionati uchun 727 million dollar ajratdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatardagi mundialga nisbatan 50% ko‘p. 💰 Turnir sovrin jamg‘armasi — 655 million dollar. • Chempion — 50 mln dollar • Finalchi — 33 mln dollar • Bronza medali sohibi — 29 mln dollar • 4-o‘rin — 27 mln dollar • Chorak finalchilar — 19 mln dollar • 1/8 finalchilar — 15 mln dollar • 1/16 finalchilar — 11 mln dollar • Guruh bosqichida qolganlar — 9 mln dollar 🔖 Bundan tashqari, har bir qatnashuvchi jamoaga tayyorgarlik xarajatlari uchun 1,5 mln dollar ajratiladi. Shu tariqa, JCH-2026’da qatnashgan har bir assotsiatsiya kamida 10,5 mln dollar olishi kafolatlandi.