• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Isroil G‘azodagi shifoxanaga avizarba bedi, BMT va YeI bunga qanday munosabat bildirdi?

Isroil G‘azodagi shifoxanaga avizarba bedi, BMT va YeI bunga qanday munosabat bildirdi?
  • 3
  • 18.10.2023 07:29:00

Isroil G‘azodagi shifoxanaga avizarba bedi, BMT va YeI bunga qanday munosabat bildirdi?

G‘azo sektorida joylashgan “Al-Ahliy al-Ma’daniy” shifoxonasiga Isroil tomonidan raketa hujumi qilindi. Xabarlarga  ko‘ra, zarba natijasida tinch aholi vakillaridan 500 dan 810 nafargacha inson qurbon bo‘lgan. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra shifoxonada halok bo‘lganlarning barchasi oddiy fuqarolar bo‘lgan. Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga davlatda uch kunlik motam e’lon qildi.

Rossiya va BAA G‘azodagi shifoxonaga berilgan zarba tufayli 18-oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘rashdi. Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Eron kabi mamlakat rahbarlari ushbu aviazarbani qoralab o‘z fikrlarini bildirdilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Al-Ahli kasalxonasiga qilingan hujumni «eng kuchli tarzda» qoraladi. Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel hujumni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Al-Ahli kasalxonasiga qilingan hujumni “eng kuchli tarzda” qoraladi. “G‘azo sektoridagi shifoxonaga bugun uyushtirilgan hujum natijasida yuzlab falastinlik tinch aholining o‘limi meni shokka tushirdi”, deb yozgan Guterrish X mikroblogida. U, shuningdek, “kasalxonalar va tibbiyot xodimlari xalqaro humanitar huquq bilan himoyalanganini” ta’kidladi. 

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel G‘azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga uyushtirilgan hujumni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi. “Fuqarolik infratuzilmasiga hujum xalqaro huquqqa mos kelmaydi”, dedi u Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlarining videokonferensiyasidan so‘ng.

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News