• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Baqlajonli issiq salat”

“Baqlajonli issiq salat”
  • 5
  • 17.08.2023 08:40:00

“Baqlajonli issiq salat”

Bugun “Lazzat dunyosi” dan kechki ovqatga yengilgina tanavvul qilinadigan “Baqlajonli issiq salat” retrseptini kutib oling. Albatta tayyorlab ko‘rishni va yaqinlaringizga ulashishni unutmang😇

🧄Masalliqlar:

🥩400 gr lahm go‘shti
🥒3 ta bodring
🍅3 ta pomidor
🍆3 ta baqlajon
🧄3 dona sarimsoq
🫑1ta sariq bulg‘or qalampiri
🌶1ta qizil bulg‘or qalampiri
🫑1ta yashil bulg‘or qalampiri
🧂Tabga ko‘ra murch, maydalangan qizil qalampir, salat tuzi va tuz.


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- Ishimizni barcha masalliqlarni somoncha shaklida to‘g‘rashdan boshlaymiz.
- Tovaga yog‘ solib, avval go‘shtni qovurib olamiz.
- So‘ngra ezilgan sarimsoq, ziravorlar va soya sousini solib, go‘sht pishishi uchun 10 daqiqaga qopqog‘ini - yopib qo‘yamiz.
- Go‘sht yumshagach, to‘g‘ralgan bulg‘or qalampirlarini solib, yana 5 daqiqa qovuramiz.
- Boshqa tovada baqlajonlarni qizartirib, qovurib olamiz.
- Kattaroq idishga barcha masalliqlarni solib, aralashtiramiz va likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News