- 3
- 26.04.2023 12:59:00
“Issiq shokolad“
Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasi “Issiq shokolad“ retseptini sizlarga taqdim etadi.
Issiq shokolad retseptidan foydalanib, o‘zingizni va farzandlaringizni xursand qilishingiz mumkin 😍
🍫Masalliqlar:
250 ml sut;
1 osh qoshiq kakao;
1 choy qoshiq shakar (ixtiyoriy);
20 gr qora shokolad;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Idishga sut, shakar va kakaoni solib, yaxshilab aralashtirib, past olovda qaynating.
- Olovdan olib, shokolad qo‘shing va shokoladni eritish uchun bir necha daqiqa davomida past olovda qaynating.
- Issiq shokoladni stakanga quying.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklifi
Xohishga qarab, maydalangan shokolad yoki marshmellou qo‘shib, issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin🥰
Yoqimli ishtaha 🤤