
- 1
- 23.05.2026 11:12:00
Medovik retsepti🥮
Masalliqlar:
6 dona tuxum
bir yarim piyola shakar
3 osh qoshiq toza asal
1 choy qoshiq osh sodasi
100 gr sariyog‘
5 piyola un
1 piyola maydalangan yong‘oq
Kremi uchun:
2 osh qoshiq un
200 gr shakar
250 ml sut
1 dona tuxum
100 gr quyultirilgan sut
50 gr sariyog‘
Tayyorlanishi:
Idishda tuxum va shakarni yaxshilab ko‘pirtib olamiz. Keyin 1 choy qoshiq sirka va 1 choy qoshiq osh sodasi qo‘shamiz. Asalga osh sodasi solib, pechda qizartiramiz. Qizargandan so‘ng, xona haroratida eritilgan sariyog‘ qo‘shamiz. Tuxum va shakar aralshmasiga asalli massani oz-ozdan qo‘shib, aralashtiramiz. Oxirida un va yongo‘oqni ham qo‘shib, xamir holiga keltiramiz. Medovik xamiri biroz dam olguncha, kremini tayyorlab olamiz. Qozonga un, shakar, sut va tuxumni solib, past olovda, pishguncha qoshiq bn kovlab turamiz. So‘ng, quyultirilgan sut va sariyog‘ni aralashtirib, pechda pishirilgan atalani qo‘shamiz va medovik kremini tayyorlab olamiz. Tindirilgan xamirni to‘rt bo‘lakka bo‘lib, patnisga yoyib chiqamiz va 180°C da pishiramiz. Har bir medovik qavatiga kremli massani surtib chiqamiz va ustini medovik kukuni bilan bezatamiz. Mazali medovik tortimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha☕️😊





