• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Holvaytar”

“Holvaytar”
  • 0
  • 07.10.2023 07:39:00

“Holvaytar”

Bugun “Lazzat dunyosi” jamoasi sizlar uchun o‘zbek milliy taomlaridan biri “Holvaytar” tayyorladi. Issiqina holvaytar kuzgi nonushtangizni ajoyib tarzda to‘ldirishiga ishonchimiz komil.

🥡Masalliqlar:

🍚200 gr un;
😋200 gr shakar;
🧈100 gr yog‘;
🍶1 litr suv;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

🫕Dastlab qizib turgan yog‘da unni solib, qizarguncha qovurib olamiz. 
Un kuyib ketmasligi uchun, aralashtirib turamiz. 
Un kerakli darajada qizarganidan so‘ng, shakarni solamiz. 
Shakarni ham tinimsiz aralashtirib turamiz. 
Shakar eriganidan so‘ng suvni quyamiz. 
Massamiz qumoq-qumoq bo‘lib qolmasligi uchun tinimsiz aralashtiramiz. 
Holvaytar bir xil quyuq massaga kelishi uchun 15-20 daqiqa yetadi. 
Holvaytar pishgach uni likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News