• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Gollivud yulduzi Uill Smitga oʻzbek choponi sovg‘a qilindi

Gollivud yulduzi Uill Smitga oʻzbek choponi sovg‘a qilindi
  • 7
  • 17.11.2025 15:57:00

Gollivud yulduzi Uill Smitga oʻzbek choponi sovg‘a qilindi

Dubayda o‘zbekistonlik supermodel Vazira Jon, taniqli bloger Saidazim Rizaev va Gollivudning afsonaviy aktyori Uill Smit o‘rtasida unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Iliq suhbat va samimiy taassurotlarga boy bo‘lgan uchrashuv chog‘ida mehmonlar aktyorga o‘zbek milliy madaniyatini aks ettiruvchi an’anaviy chapan va do‘ppini tantanali tarzda topshirdilar.

Uill Smit sovg‘ani katta hayrat va mamnuniyat bilan qabul qilib, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va madaniy merosiga qoyil qolganini ta’kidladi. Mazkur lahza ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Bu uchrashuv yana bir bor o‘zbek milliy liboslari — chapan va do‘ppining dunyoga go‘zallik va o‘ziga xoslik ramzi sifatida tanilayotganini ko‘rsatdi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News