
- 6
- 07.04.2023 13:54:00
Gollivud filmlaridagi xatoliklar
Hammamiz ham jahon kinosini ko‘rishni yoqtiramiz. Ayniqsa ular tarixiy filmlar bo‘lsa. Ammo afsuski, biz sevib tomosha qiladigan filmlarda ham ayrim mayda kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bugun ulardan bir nechtasini sizlarga sanab o‘tamiz.
👖 “Indiana Jons” filmida kadrga zamonaviy kiyingan odam tushib qolgan lekin 1930-yillarda hech kim bunday kiyinmagan.
🧑🏭 “Kapitan Amerika: Ilk qasoskor” da II jahon urushi vaqtida askarlardan biri quloqchinlardan foydalanadi, bunday qulay quloqchinlar faqatgina 2000-yilga kelib ishlab chiqarilgan.
🦷 “Qo‘lingdan kelsa tutib ol” filmida qahramon qizning tishidagi breketlar film voqealaridan 20 yildan so‘ng o‘ylab topilgan.
Siz-chi, siz ham filmlardagi biror bir xatoni payqaganmisiz? Agar shunday bo‘lsa izohlarda yozib qoldiring.







