• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Bayram torti”

  • 5
  • 07.09.2023 09:18:00

“Bayram torti”

“Lazzat Dunyosi” jamoasi sizlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi va “Bayram torti” retseptini ulashadi💐

🥣Masalliqlar:

5 ta tuxum;
5 oshqoshiq shakar; 
5 oshqoshiq un;
1 choy qoshiq razrixitel;
1 choy qoshiq tuz.

🍚Kremi uchun:

250 gr qaymoq;
380 gr quyultirilgan sut.

🥮Tort ichiga solish uchun:

1ta banan;
1ta kivi.

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

-  Ishimizni tuxumlarni oqini ajratib olishdan boshlaymiz.
-  Tuxum oqiga, bir chimdim tuz solib mikser yordamida yaxshilab ko‘pirtirib olamiz.
-  Ko‘pirtirib bo‘lganimizdan so‘ng, shakar, tuxum sarig‘i, un va razrixitel solib, qoshiq yordamida mayin bo‘lguncha aralashtiramiz.
-  Aralashmamizni patnisga maxsus qog‘oz yozib, qolip qo‘yib aralashmani solamiz va 180 gradus issiqlikdagi duxovkaga solib, 15 daqiqa duxovkani ochmasdan pishirib olamiz.

🍚Kremi uchun:

-  Qaymoq bilan quyultirilgan sutni mikser yordamida aralashtiramiz.

🍭Bezatish uchun:

Tayyor bo‘lgan, biskvitni uchga bo‘lib olamiz, krem surkab, o‘ziz xohlagan mavalarni taxlab chiqib, yana biskvit qo‘yib bezatish ketma ketligini davom ettirasiz.

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News