
- 0
- 02.07.2026 15:28:00
- 1 daq o'qish
2-iyul kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida katta tezlikda harakatlangan Malibu haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, avval daraxtga, so‘ng Caffelito Coffee qahvaxonasiga borib urildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida uch kishi jabrlangani, avtomobil esa jiddiy shikastlangani ko‘rinadi. Hodisa erta tongda sodir bo‘lgani sababli trotuarda odamlar deyarli bo‘lmagan.
Poytaxt YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jabrlanganlar soniga rasmiy aniqlik kiritilmagan.