Turkiyadagi zilzila hududida kuchli suv toshqinlari yuz berdi, qurbonlar bor

  • 8
  • 15.03.2023 14:17:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan Shanliurfa va Adiyaman viloyatlari endi suv ostida qoldi deb xabar bermoqda Tvnet. Kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan toshqin oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 9 kishi bedarak yo‘qoldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Shanliurfa viloyatida shifoxonani suv bosgan, maktablarda darslar vaqtincha to‘xtatilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News