• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Meksikada jazirama harorat tufayli 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Meksikada jazirama harorat tufayli 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
  • 3
  • 01.07.2023 08:28:00

Meksikada jazirama harorat tufayli 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Meksikada 100 dan ortiq kishi misli ko‘rilmagan jazirama qurboni bo‘ldi: 12 iyundan 25 iyungacha o‘ta yuqori harorat tufayli 104 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AFP agentligi 29 iyun, payshanba oqshomida Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. O‘limning eng keng tarqalgan sabablari - issiqlik urishi va suvsizlanish. 

Issiqlikdan asosan mamlakat shimoli va to‘qqiz million aholisi bo‘lgan poytaxt Mexiko zarar ko‘rdi. Eng ko‘p qurbonlar soni (64 kishi) shimoli-sharqdagi Nuevo-Leon shtatida, undan keyin esa AQShning Texas shtati bilan chegaradosh qo‘shni Tamaulipas shtatida qayd etilgan. 

Iyun oyining so‘nggi haftasida mamlakat shimoli-g‘arbidagi Sonora shtatida rekord darajadagi harorat qayd etildi - Tselsiy bo‘yicha 49 daraja, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Odatda yozgi harorat 30 dan 45 darajagacha o‘zgarib turadi. So‘nggi kunlarda termometr biroz pasayib ketdi, ammo 1 iyuldan boshlab mamlakatda qurg‘oqchilik xavfini keltirib chiqaradigan yangi issiqlik to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin. 

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News