Mubashshir Ahmadning salomatligi turmada keskin yomonlashgani aytildi

Mubashshir Ahmadning salomatligi turmada keskin yomonlashgani aytildi
  • 0
  • 07.01.2026 20:37:00
  • 1 daq o'qish

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov qandli diabet va boshqa jiddiy kasalliklar bilan og‘rib kelayotgani bois, turmadagi salomatligi keskin yomonlashgan. Advokat Abdulloh Sodiqning so‘zlariga ko‘ra, u Qiziltepa tumanidagi 5-sonli koloniyada majburiy mehnatga jalb qilinmoqda, oyoqlari shishib, buyraklari yaxshi ishlamayapti, tanasida yaralar paydo bo‘lgan, shuningdek qon bosimi yuqori. Advokatlarining qayd qilishicha, Tursunovga yetarli tibbiy yordam berilmayapti, davolanishga ruxsat yo‘q. Jinoyat kodeksining 75-moddasiga ko‘ra, og‘ir kasallikka chalingan mahkum jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin. Shu munosabat bilan advokatlar IIV, Bosh prokuratura va boshqa idoralarga ariza bilan murojaat qilgan. Mubashshir Ahmad milliy, diniy adovat qo‘zg‘atish va noqonuniy diniy materiallarni tarqatganlikda aybli deb topilib, 2025-yil 8-oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News