TDT delegatsiya rahbarlari Turkiston tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi

TDT delegatsiya rahbarlari Turkiston tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi
  • 1
  • 15.05.2026 17:28:00
  • 1 daq o'qish

Turkiston shahrida 15-may kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiya rahbarlari tarixiy-madaniy markazga tashrif buyurdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom meʼmorchiligining eng yirik yodgorliklaridan biri — Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi. Amir Temur davrida barpo etilgan ushbu majmua bugungi kunda YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Shuningdek, delegatsiyalar “Hazrat Sulton” muzey-qoʻriqxonasining tashrif markazi bilan tanishdi. Bu yerda Turkistonning boy tarixiy merosini namoyish etish, muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish va nodir eksponatlarni saqlash uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News