- 4
- 15.02.2023 15:06:00
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidida bo‘lganmisiz?
Ushbu Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan. Masjid 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurib bitkazilgan.
Umumiy yer maydoni – 21180 kv metr. Masjid hududida namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalar, minora, 3 ta kirish peshtoqi, anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, masjid sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joylari bor. Bu joyda har doim insonlar gavjum bo‘ladi.