- 4
- 14.04.2023 12:39:00
🧙Garri Potter qaytmoqda
Garri Potter muxlislari uchun ajoyib yangilik. Sevimli film ekranlarga serial ko‘rinishida qaytmoqda. HBO platformasi Garri Potter kitoblari asosida serial suratga olishni boshlamoqda. Har bir kitob asosida jami 7 mavsumli serial suratga olinishi kutilmoqda.
Afsuski, xabarlarga ko‘ra bizga qadrdon aktyorlar jamoasi serialda ko‘rinish bermaydi. Serial uchun mutlaqo boshqa aktyorlar tanlanishi e’lon qilindi. Shunday ekan serial tomoshasi yanada maroqli bo‘lishi kutilmoqda.
📕Siz Garri Potter filmlari ishqibozimisiz? Izohlarda yozib qoldiring.





