• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
  • 5
  • 24.07.2023 09:39:00

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi O‘zbekiston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

“Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashgan, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.

 

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News