• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Gulxonim”

  • 3
  • 05.09.2023 14:53:00

“Gulxonim”

Mazzali va to‘yimli ovqatlar hammaga birdek yoqadi. “Lazzat dunyosi” bugun sizlarni  “Gulxonim” retsepti bilan xursand qiladi. Tayyorlab ko‘rishni va retseptni yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang.

🧄Masalliqlar: 

Un; 
Suv;
Go‘sht;
Piyoz;
Yog‘;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi: 

– Birinchi o‘rinda ishni xamir tayyorlashdan boshlaymiz. 
– Buning uchun unga tuzli suv solib xamir tayyorlaymiz. 
– Xamirni yaxshilab mushtlab tayyor bo‘lgach, ikki bo‘lakka bo‘lib olamiz va xamirni dam olishi uchun olib qo‘yamiz.
– Xamir tayyor bo‘lgunga qadar go‘sht va piyozimizi to‘g‘rab masallig‘imizni tayyorlab olamiz.
– Tuz va ta’bga ko‘ra ziravorlar qo‘shib masallig‘imizni aralashtiramiz. 
– Dam olgan xamirni yupqa qilib yoyib xuddi videoda ko‘rsatilgandek qilib kesib olamiz.
– Xamirni yog‘lab, masalliqni xamirni bir tomoniga qo‘yamiz va gul shaklida bukib olamiz. 
–Qasqonimizni yog‘lab xonimlarni terib chiqamiz va mantiqozonni 40 daqiqaga olovga qo‘yamiz.
– Xohishga qarab masallig‘ini almashtirishingiz mumkin. Masalan, kartoshka qo‘shishingiz, yoki bahorda ismaloq ko‘katlardan foydalanishingiz mumkin. 
– Endi esa zirvagini tayyorlaymiz.
– Buning uchun piyozni yog‘da qovurib, qirg‘ichdan chiqarilgan pomidorni qo‘shib, 10 daqiqaga, dimlab qo‘ysak bas. 

Gulxonim tayyor, dasturxonga xohishga qarab, qatiq yoki zirvak bilan tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News