
- 0
- 03.08.2026 17:13:00
- 1 daq o'qish
Namangan viloyati Norin tumanidagi “Haqqulobod dehqon bozori” oldida bir necha kishining janjallashagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 30-iyul kuni 6 nafar fuqaro o‘rtasida sodir bo‘lgan. Ular bir-birlariga qo‘l va belkurak bilan tan jarohati yetkazgan. Hozirda, ushbu holat bo‘yicha gumonlanuvchilar qo‘lga olinib, ularga nisabatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.