
- 5
- 23.05.2023 18:17:00
Go‘shtni marinadlash
Go‘shtni yumshoq qilib pishirmoqchimisiz, unda quyidagi Go‘shtni marinadlash retseptimiz sizga asqatadi.
🥩Masalliqlar:
1,5 osh qoshiq osh tuzi
1 ta sarimsoq
50 ml suv
50 ml zaytun yog‘i
2 osh qoshiq sirka
2 osh qoshiq murch
50 ml sut
2 dona piyoz
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Idishga sut, suv, zaytun yog‘i, sarimsoq, tuz, murch va sirka solib aralashtiring. Go‘shtni tayyor aralashma ichiga solib taxminan 4-8 soatga marinadlashga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha 🤤





