• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qimor o‘ynagan mansabdorlar 990 ming so‘m jarimga tortildi

Qimor o‘ynagan mansabdorlar 990 ming so‘m jarimga tortildi
  • 3
  • 31.10.2023 12:21:00

Qimor o‘ynagan mansabdorlar 990 ming so‘m jarimga tortildi

Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Daliyev, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Rahmonaliyev hamda yana ikki nafar fuqaro 26-avgust kuni soat 18:00 larda Uchko‘prik tumanida “Bog‘i-Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Daliyevga tegishli bo‘lgan “Sharq-Ravnaq tekstil” MCHJ binosida belgilangan tartibni buzib, o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynagani aniqlangan.

Huquqbuzarlar sudda sodir etgan huquqbuzarlik harakatiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonliklarini bildirgan. 

Sud qarori bilan Dilshod Daliyev, Sirojiddin Rahmonaliyev va yana ikki fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga BHMning uch barobari (990 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan. 

Qarordan norozi taraflar qaror eʼlon qilingan, huquqbuzarlar qaror nusxasini olgan kundan boshlab yigirma sutka ichida Farg‘ona viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirishga haqli.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News