
- 4
- 18.10.2023 15:15:00
“Funchoza” salati
Bugun sizlar uchun, barchaga birdek manzur bo‘ladigan “Funchoza” salati retseptini taqdim etamiz.
🫑Masalliqlar:
Funchoza xamiri (kraxmal);
Go‘sht 300 gr;
Sarimsoq 3 bo‘lak;
Piyoz 1 dona;
O‘simlik yog‘i;
Soya sousi;
Bodring 3 dona;
Pomidor 2 dona;
Qizil sabzi salati;
Qizil bulg‘or qalampiri 1 dona;
Yashil bulg‘or qalampiri 1 dona;
Ta’bga ko‘ra tuz, ko‘katlar va ziravorlar;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Ishimizni masalliqlarni somoncha shaklida to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
- Funchoza xamirini esa qaynagan suvga 15 daqiqaga solib qo‘yamiz.
- Tovaga yog‘ solib, avval go‘shtni solib, pishirishni boshlaymiz.
- 5 daqiqadan so‘ng soya sousi, sarimsoq va ziravorlar solib, yana qovurishni davom ettiramiz.
- So‘ngra piyoz va bulg‘or qalampirini ham qo‘shib, qovuramiz.
- Funchoza xamirini muzdek suvga solib, chayib olamiz va qovurilgan masalliqlarni qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz.
Yoqimli ishtaha😋




