
- 3
- 06.10.2023 07:40:00
6-oktabrdan Toshkentdagi 3 ta avtobus yo'nalishi o'zgartirildi
Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, harakat tarkiblaridan samarali foydalanish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 6-oktabr kunidan boshlab Toshkent shahridagi 3 ta avtobus yo'nalishi o'zgartirildi. Jumladan:
— “8-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 43-sonli “Yunusobod 6-dahasi – Ftiziatriya instituti” avtobus yoʻnalishining harakati Samarqand darvoza, Nurafshon, Gulhaniy koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartirildi;
— “1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 119-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” avtobus yoʻnalishining harakati Ohangaron shox koʻchasidan T.Malik koʻchasidagi ortga burilib olish manziliga harakatlanmagan holda Parkent koʻchasi orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishi boʻylab oʻzgartirildi;
— “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 154-sonli “Zangiota shifoxonasi – Bobur mahallasi” avtobus yoʻnalishining harakati Kovid markazi orqali Zangiota shifoxonasi hududiga qadar tashkil etildi.
Manba: Uzreport.news





