• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

1 oktyabrdan biznes uchun elektr va gaz tariflari oshirilishi mumkin

1 oktyabrdan biznes uchun elektr va gaz tariflari oshirilishi mumkin
  • 5
  • 09.09.2023 12:22:00

1 oktyabrdan biznes uchun elektr va gaz tariflari oshirilishi mumkin

Aholi uchun amaldagi tariflar o‘zgarmasligi ko‘zda tutilgan.

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish taklif etilyapti.

Elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kWh uchun 1 000 so‘m (hozirda 450 so‘m), boshqa tashkilotlarga 900 so‘m (hozirda 450 so‘m) deb belgilanishi mumkin.

Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘m (hozirda 660 so‘m), boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘m (hozirda 660 so‘m) deb belgilanishi taklif etilgan.

Loyihada aholi uchun elektr energiyasi (295 so‘m), tabiiy gaz (380 so‘m) va suyultirilgan gaz (1120 so‘m) tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, aholi va biznes uchun energiya tariflarini ko‘tarish, aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tish 2022 yil yozida reja qilingan, lekin kechiktirilgan edi.

Aholi uchun energiya tariflari 2023 yilda ham oshirilmasligi mart oyida ma’lum qilingandi.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News