• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

1 maydan ayrim fuqarolarga go‘sht, tuxum va yog‘ xarid qilsa, QQS qaytariladi

1 maydan ayrim fuqarolarga go‘sht, tuxum va yog‘ xarid qilsa, QQS qaytariladi
  • 2
  • 23.03.2023 13:55:00

1 maydan ayrim fuqarolarga go‘sht, tuxum va yog‘ xarid qilsa, QQS qaytariladi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmayotgani tanqid qilindi.

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi. 

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News