
- 10
- 04.11.2025 15:34:00
Futboldan san’atga: Alfi Uaytmen endi operator
“Tottenhem” klubining sobiq darvozaboni Alfi Uaytmen kutilmaganda yangi yo‘nalishda o‘zini sinab ko‘rdi. 27 yoshli futbolchi professional futbol karyerasini yakunlab, Londondagi mashhur Somesuch kinostudiyasida operator-postanovkachi sifatida faoliyat boshladi.
Qiziq tomoni, Uaytmen atigi besh oy avval Yevropa Ligasi g‘olibligini nishonlagan edi. Endi esa u futbol maydonini ijod maydoniga almashtirdi.
🎷 U san’atdan yiroq emas — Alfi jazz musiqachilari oilasida tug‘ilgan, yoshlik chog‘ida esa DJ sifatida ham ishlagan. “Tottenhem” safida 10 yil davomida bo‘lgan futbolchi shu davr mobaynida asosiy jamoa tarkibida atigi 8 daqiqa o‘ynagan.





