• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Oʻzbekiston soʻz erkinligi yomon ahvolda deya baholanmoqda

Oʻzbekiston soʻz erkinligi yomon ahvolda deya baholanmoqda
  • 2
  • 03.05.2024 17:10:00

Oʻzbekiston soʻz erkinligi yomon ahvolda deya baholanmoqda

“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders, RSF) tomonidan eʼlon qilingan matbuot erkinligi boʻyicha 2024-yilgi yangi reytingda Oʻzbekiston 180 ta davlat ichida 148-oʻrinni egalladi. Mamlakat 2023-yilgi reytingdagi oʻrnidan birdaniga 11 pogʻona pastladi.

Bunga sabab, mamlakatda OAV erkinligi bilan bogʻliq vaziyat “ogʻir”dan “juda jiddiy”  bosqichiga oʻtgan va senzura, kuzatuv va oʻz-oʻzini senzuralash keng tarqalgan. 

Soʻz erkinligi boʻyicha yuqori oʻrinlarni mos ravishda Norvegiya, Daniya va Shvetsiya egallagan boʻlsa, Afgʻoniston, Suriya va Eritreya 180 mamlakatning eng oxirgi pogʻonalarida qayd etilgan.

Yillik Jahon matbuot erkinligi indeksiga koʻra, dunyo boʻylab matbuot erkinligiga siyosiy hujumlar, jumladan, jurnalistlarni hibsga olish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini bostirish va notoʻgʻri axborotni keng tarqatish oʻtgan yili sezilarli darajada oshgan.
2023-yil oktyabr oyidan beri Gʻazoda 100 dan ortiq falastinlik jurnalist, jumladan, kamida 22 nafari ish faoliyati davomida oʻldirildi.
Shuningdek, 2024-yil boshidan beri 12 nafar jurnalist oʻldirilgani, 544 nafar jurnalist va 26 nafar media xodimi hisbga olingani haqida soʻz borgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News