
- 0
- 31.01.2026 15:55:00
- 1 daq o'qish
Alyaska osmonida bir vaqtning o‘zida to‘rtta quyosh paydo bo‘ldi. Bu hodisa pargeliy (yoki parhelion, xalq orasida “soxta quyosh”) deb ataladi. U havoda muallaq holda turgan mayda muz kristallari orqali Quyosh nuri sinishi natijasida yuzaga keladi. Natijada Quyosh atrofida bir nechta yorqin nuqtalar paydo bo‘lib, osmon go‘yo bir vaqtning o‘zida bir nechta quyosh bilan yoritilgandek ko‘rinadi. Xuddi shunday noyob va juda chiroyli hodisa yaqin kunlarda Moskva va Moskva viloyatida ham kuzatilishi mumkin — dam olish kunlari bu hududda havo harorati −25°C gacha tushishi kutilmoqda.