Mehmon uchun😍🍰

Mehmon uchun😍🍰
  • 2
  • 18.04.2026 10:34:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
2 pachka oddiy pechenye
1 stakan sut
3 osh qoshiq kakao
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq sariyog‘
1 stakan yong‘oq yoki funduk (ixtiyoriy)
1 dona oq shokolad

Tayyorlanishi:
Kichikroq qozonga sut, shakar, kakao, tomchili shokolad va sariyog‘ solib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng, plitaga qo‘yib biroz isitib olinadi. Keyin, tayyor aralashma maydalab qo‘yilgan pechenyelar ustiga solinadi. Shu bosqichda hohishga qarab yong‘oq, funduk yoki pista ham qo‘shsa bo‘ladi. Birinchi gulli qolipga oq shokolad eritib surtiladi va ustiga tayyorlangan aralashma qo‘yiladi.  Oxirgi bosqichda, qolipning usti strech plyonka bilan yopilib, muzlatgichga jo‘natiladi.

Yoqimli ishtaha!😋☕️🧁

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News