
- 2
- 19.07.2023 10:02:00
O‘zbekistondagi «futbol tashkilotlari» qator soliqlardan ozod etilyapti
Prezident joriy yil 18-iyul kuni Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, «O‘zbekiston Professional futbol ligasi» jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Ular:
- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
- o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
- O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Manba: xabar.uz