• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Sankt-Peterburg aeroportida reyslar arilar sababli kechiktirilmoqda

Sankt-Peterburg aeroportida reyslar arilar sababli kechiktirilmoqda
  • 2
  • 13.06.2023 07:28:00

Sankt-Peterburg aeroportida reyslar arilar sababli kechiktirilmoqda

Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga arilar bostirib kirishi sababli parvozlar qoldirilmoqda. Bu haqda 112 Telegram kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Sankt-Peterburg—Qozon yo‘nalishi bo‘yicha parvozni keyinga qoldirishga to‘g‘ri kelgan, chunki yo‘lovchilar o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘lakni arilar galasi qoplagan.

Aeroport xodimlari bunday sharoitda odamlarni samolyotga qo‘yish xavfli deb hisobladi. Shu sababli muammo bartaraf etilmaguncha parvoz kechiktirildi.

Shuningdek, Sankt-Peterburg—Moskva reysini ham kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Mutaxassislar asalarilarni haydab chiqarishga harakat qilmoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News