
- 2
- 29.10.2025 12:57:00
- 1 daq o'qish
Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi — 3 nafar ayol va 2 nafar erkak noqonuniy yo‘l bilan oltin olib kirishga uringan paytda qo‘lga olindi.
Ular O‘zbekistondan Istanbul orqali Kappadokiyadagi Nevshehir aeroportiga uchib kelgan. Tekshiruv vaqtida ularning bagajlaridan 61 kilogramm 121 gramm oltin topilgan. Taxminan 8 million AQSh dollari qiymatidagi bu oltin go‘sht maydalagich va mikserlarning ehtiyot qismlari shaklida eritilib joylashtirilgan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya ularning harakatidan oldindan xabardor bo‘lgan. Aeroportda ularni kutib olishga kelgan shaxs ham qo‘lga olingan. Oltin musodara qilindi, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov materiallari sud organlariga yuborilgan.