Turkiyada mashina jarlikka qulab ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada mashina jarlikka qulab ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 27.07.2026 19:05:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Antaliya viloyatida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir oilaning besh nafar a’zosi halok bo‘lib, yana ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilanb shifoxonaga yotqizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, taxminan 150 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan. Voqea joyiga tez yordam hamda qutqaruv mashinalari yetib borib, jasadlarni maxsus uskunalar yordamida yuqoriga olib chiqqan. Shuningdek, jarohatlanganlar orasida 23 yoshli homilador ayol ham borligi aniqlangan. Hozirda, mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News