- 11
- 19.06.2023 07:23:00
LONDONDA “O‘ZBEKISTON MADANIYATI FESTIVALI” BO’LIB O’TDI
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm va madaniyat almashinuvini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi, “Oshpaz” Jamoasi, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan birgalikda, joriy yilning 17-18-iyun kunlari Yevropada ilk bor, keng miqyosda “O‘zbekiston madaniyati festivali” va mazkur Festival doirasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi.
Festival O‘zbek san’ati, madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishtirish, qadriyatlarimizni keng targ’ib qilish, o‘zaro diplomatik aloqalarda mustahkamlik o‘rnatish hamda tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbir Londonning ramzi bo‘lmish “Tower Bridge” yonida, ya’ni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Аytish joizki, bu kabi festival Londonda ilk bora oʼtkazilmoqda. Tadbirlar doirasida tumanli Albion aholisi va mehmonlari uchun Oʼzbekiston va uni hududlarining boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy taomlari va goʼzal joylari bilan tanishtiruvchi keng qamrovli dastur taqdim etilgan. Festivalga tashrif buyurganlarning eʼtiborini ayniqsa milliy taomlar taqdimoti tortdi. Unda Oʼzbekistonning taniqli oshpazi Bahriddin Chustiy bir tonna xushboʼy palov pishirdi, Londonning eng yaxshi oʼzbek oshpazi Muzaffar Sodiqov esa turli xil mazali oʼzbek milliy taomlarini taqdim etdi. Ushbu festivalь Londondagi oʼzbek diasporasi koʼmagida Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Oʼzbekistonning Londondagi elchixonasi va «Vatandoshlar» jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.
Silk Road Samarkand sayyohlik markazi pavilьoni tadbir mehmonlarining alohida eʼtiborini tortdi. Bu yerda ular sayyohlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda 8 ta jahon darajasidagi mehmonxonalar va xalqaro kongress-markazi, shuningdek, shinam jamoat joylari, bogʼlar, dam olish va sport maydonchalari, konseptual restoranlar va madaniy inshootlar mavjud. Pavilьon maydonida Silk Road Samarkand markazi vakillarining tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qilishi va netvorking uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʼlib, u yerda mehmonlar oʼzaro fikr almashishi, kompaniya loyihalari va mehmonxona markazi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʼldilar. Ikki kun ichida pavilьonga ..... mehmon tashrif buyurdi.
Bekzod Zufarov, Silk Road Samarkand sayyohlik markazi direktori:
- Londonda birinchi martta oʼtkazilayotgan bunday keng koʼlamli festivalda ishtirok etish biz uchun katta sharafdir. Umid qilamizki, bu yerda taqdim etilgan zamonaviy Silk Road Samarkand klasterining pavilьoni mehmonlar eʼtiborini jalb qiladi va London aholisi uchun qayta-qayta tashrif buyuradigan manzilga aylanadi. Zero, majmuamiz, shubhasiz, mehmonxona xizmatining barcha xalqaro standartlariga javob beradi va ishonchim komilki, Samarqanddagi sayyohlik markazimizda yaratilgan muhit har bir mehmonda katta taassurot qoldiradi.
Festival oʼtkaziladigan joyda turli tanishtiruv sessiyalari ham tashkil etilgan. Masalan, stendlarning birida mashhur Samarqand qogʼozi, metall, loy va sopoldan nafis idishlar, paxta va ipakdan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish haqida hikoya qilinadi. Madaniy dasturda Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkentning mashhur sanʼatkorlari va didjeylari faol ishtirok etdilar.
Shubhasiz, Londondagi Oʼzbekiston festivalining shu ikki kuni mehmonlarda eng yoqimli taassurot qoldirdi va ular Oʼzbekistonga tashrif buyurib, u bilan yanada yaqinroq tanishish istagini bildirdilar.
Manba:BBC news





