
- 0
- 13.06.2026 12:25:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 13-iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, Nukus ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning fasadi yonayotgani haqida xabar soat 10:21 da kelib tushgan va qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga ikki daqiqadan so‘ng soat 10:23 da yetib borgan. Yong‘in esa 11:10 da o‘chirilgan. Uyda yashovchi fuqarolar evakuatsiya qilingan bo‘lib, tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.