Finlandiyalik yigit xayoliy gitara chalish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Finlandiyalik yigit xayoliy gitara chalish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
  • 0
  • 20.10.2025 14:52:00
  • 1 daq o'qish

Finlandiyaning 25 yoshli fuqarosi Aapo Rautio Ouluda o‘tkazilgan xayoliy gitara (air guitar) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqdi. U sahnadagi ishonarli chiqishi va kuchli energiyasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Rautio ilgari ham 2022–2024-yillarda finalgacha yetib borgan, biroq g‘alabani bu yil qo‘lga kiritdi. U “Angus” taxallusi ostida chiqish qilib, Avenged Sevenfold guruhining qo‘shig‘ini ijro etgan. 1996-yildan beri har yili Finlandiyaning Oulu shahrida o‘tkaziladigan bu musobaqada ishtirokchilar haqiqiy gitara chalmasdan, “havoda” gitara chalish orqali ijod va xarizmani namoyish etadi. Tanlov shiori: “Make air, not war” — “Urush emas, yaxshi kayfiyat yarating.”

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News