• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Anjirli shirinlik”

 “Anjirli shirinlik”
  • 0
  • 10.08.2023 10:00:00

“Anjirli shirinlik”

Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasi “Anjirli shirinlik”retseptini taqdim etadi!
Saqlash tugmachasini bosishni va sinab ko‘rishni unutmang!

🥛Masalliqlar:

8 ta quritilgan anjir (agar anjir kichik bo‘lsa 9-10 dona)
500 ml sut

🥣Tayyorlanishi:

-  Quritilgan anjirlarni qaynoq suvda yumshaguniga qadar qoldiramiz va sutni ilitib olamiz. Sutni qaynatmaymiz, faqatgina ilitib olamiz. (Barmog‘ingizni tekkazganingizda 5 soniya solib turoladigan darajada ilishi kifoya)

-  Yumshagan anjirni mayda bo‘laklarga bo‘lib, qizdirgan sutimizga qo‘shamiz va barcha masalliqlarimiz bir xil massaga kelguncha blenderda maydalaymiz. Tabga ko‘ra dolchin qo‘shishimiz ham mumkin.

-  Tayyor bo‘lgan aralashmani mo‘ljallangan idishlarga bo‘lib, ustini yopamiz va xona haroratida 2 soatga qoldiramiz.

-  So‘ngra muzlatgichga qo‘yamiz.

Eslatma:
Agar siz shirinlikni ushbu retsept asosida tayyorlasangiz, maxsus idishlarda 3-4 porsiya chiqadi.

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News