
- 0
- 29.03.2025 11:59:00
- 1 daq o'qish
Andijonda qidiruvdagi alimentdan qarzdor ota uyining qurilishi tugallanmagan joyida, “shifer” orqasiga yashiringan holda topildi. Erkak MIB xodimlari tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, aliment to‘lashdan qochib yurgan va oxiri qidiruvga berilgan. Uning qarzi yig‘ilib-yig‘ilib 26 million so‘mga yetgan.
Sud erkakka 15 sutka qamoq jazosi tayinladi.