Farrux Omonov Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i bo‘ldi

Farrux Omonov Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i bo‘ldi
  • 0
  • 02.04.2026 12:08:00
  • 1 daq o'qish

Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Farrux Omonov Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi. U mazkur tayinlov munosabati bilan avval egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ma’lumot uchun, Farrux Farhodjonovich Omonov 1988-yilda tug‘ilib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Hozirda, prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining bitiruvchisidir. Shuningdek, u avval Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat yuritgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News