
- 0
- 24.06.2026 10:27:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarining harakatlaridan mamnun ekanini aytdi.
Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi tabiiy. Qur’a natijalari ma’lum bo‘lgach, O‘zbekistonni Kolumbiya va Portugaliya kabi kuchli raqiblar bilan qiyin bahslar kutayotgani aniq bo‘lgan.
“Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoam bilan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Futbolchilar qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi”, — dedi Kannavaro.
Murabbiy, shuningdek, ushbu Jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta tajriba bo‘layotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston MTJ guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28-iyun kuni Kongoga qarshi o‘tkazadi.