Nigeriyada masjidda portlash: qurbonlar bor

Nigeriyada masjidda portlash: qurbonlar bor
  • 0
  • 25.12.2025 11:20:00
  • 1 daq o'qish

24-dekabr kuni Nigeriyaning Borno shtati, Maiduguri shahridagi masjidda kechki namoz vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Portlash mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida Gamboru bozoridagi masjidda yuz bergan. Politsiya voqeani tasdiqlab, hududda portlovchi moddalarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus guruh ishlayotganini ma’lum qildi. Qurbonlar soni bo‘yicha ma’lumotlar turlicha: rasmiylar 5 nafar, mahalliy manbalar esa 7–8 nafar kishi halok bo‘lganini bildirmoqda. Portlash sababi hozircha aniqlanmagan. Hodisa so‘nggi yillarda nisbatan osoyishta bo‘lib kelayotgan, biroq ilgari Boko Haram faol bo‘lgan mintaqada sodir bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News