
- 6
- 24.06.2026 17:00:00
- 1 daq o'qish
Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining trillioner maqomini yo‘qotdi. SpaceX aksiyalari qiymatining pasayishi ortidan uning boyligi 118 milliard dollarga qisqarib, 957 milliard dollarni tashkil etgan. Biroq, Forbes nashrining hisob-kitob qilishicha, Maskning boyligi hanuz 1,1 trillion dollar atrofida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 12-iyun kuni SpaceX kompaniyasining rekord darajadagi IPO jarayonidan so‘ng, tarixdagi ilk trillioner sifatida e’tirof etilgandi. Ammo, sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish maqsadida investitsion obligatsiyalar chiqarilishi haqidagi e’lon ortidan kompaniya aksiyalari pasaya boshlagan.