- 0
- 09.01.2025 11:10:00
😱 Hindistonda fil festival vaqtida odamlarga hujum qildi
Hindistonning Kerala shtatida festival vaqtida fil odamlarga hujum qildi. Trissur Puram diniy bayramidagi beshta bezatilgan fil odamlar oldiga olib chiqilganda, to‘satdan ulardan biri bir odamni oyog‘idan ushlab, uloqtirib yuborgan. Hodisa oqibatida erkak jarohat olgan. Shuningdek, tiqilinch va vahima tufayli yigirmadan ortiq odam jarohatlangan.
Mintaqaning eng ko‘zga ko‘ringan diniy bayramlaridan biri bo‘lgan Trissur Puram o‘zining fillar yurishlari bilan mashhur bo‘lib, unda bezatilgan fillar baraban ritmi bilan bir maromda qadam bosishadi.