
- 2
- 23.03.2023 12:13:00
Eldor Shomurodovning transfer narxi pasaydi
Transfermarkt A Seriya futbolchilarining yangi transfer narxlarini e’lon qildi. “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen eng qimmat futbolchiga aylandi. Uning narxi 100 mln yevroga baholangan. 2-o‘rinda uning jamoadoshi Xvicha Kvarasxeliya 85 mln yevro deb topildi. “Inter” yetakchisi Lautaro Martines esa 80 mln yevro deb topildi.
Hozirda “Spetsiya”da ijara asosida o‘ynayotgan “Roma” vakili Eldor Shomurodovning narxi 7 mln yevroga baholandi. O‘zbekistonlik hujumchining transfer bahosi 1 mln yevroga pastlagan.