• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Baqlajonli salat

Baqlajonli salat
  • 4
  • 16.07.2024 14:53:00

Baqlajonli salat

Bugun sizlar uchun ham foydali, ham mazali bo‘lgan Baqlajonli salat retseptini taqdim etamiz.

🍆Masalliqlar:

Baqlajon 2 ta;
Tuxum 2 ta;
Pomidor 2 ta;
Bodring 2 ta;
Ko‘katlar;
Un 200 gr;
Piyoz 1 ta;
Qiyma 200 gr;
Moyanez;
Sarimsoq 1dona;


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni baqlajonni tozalab maydalab olishdan boshlaymiz.
Maydalangan baqlajonga tuxum, un, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar solib quyuqroq massa holiga kelguncha aralashtiramiz.
Tovani yog‘lab huddi quymoqdek oldi va orqasini pishirib olamiz.
So‘ngra yana bir tovaga yog‘ solib qiyma va piyozni pishirib olamiz.
Pomidor va bodringni maydalab to‘g‘rab olamiz. 
Endi sous uchun moyanezga ko‘katni to‘g‘rab, sarimsoqni qirg‘ichdan chiqarib solamiz.
Endi videoda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda masalliqlarni qo‘yib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News