
- 10
- 05.05.2026 18:41:00
- 1 daq o'qish
4 dona baqlajon
200 gr suxari talqoni
2 dona tuxum
100 gr smetana
2 dona pomidor
Biroz tuz va petrushka
Tayyorlanishi:
Baqlajonlar yupqa qilib kesilib, ustiga tuz sepiladi va 30 daqiqa suvga solib qo‘yiladi. So‘ng, avval tuxumga, keyin suxari talqoniga yaxshilab bulanib, qizigan yog‘da qovurib olinadi. Pishgan baqlajon ustiga smetana surtilib, petrushka, to‘g‘ralgan pomidor qo‘yiladi va dumaloq qilib o‘raladi. Baqlajonli ruletchalarimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha😋!