
- 1
- 11.09.2026 10:25:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryo daryosida tezkor reyd vaqtida ekologiya inspeksiyasi xodimi Mirzo Botirov halok bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni soat 23:00 da o‘tkazilgan reyd davomida Botirov elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchrab, suvga tushib ketgan. Qidiruv ishlari natijasida uning jasadi 10-sentyabr kuni topilgan.
Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. Marhumning oilasiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Mirzo Botirov xizmatlari va ko‘rsatgan jasorati uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.