Ebola epidemiyasi: JSST favqulodda holat e’lon qildi

Ebola epidemiyasi: JSST favqulodda holat e’lon qildi
  • 10
  • 18.05.2026 14:35:00
  • 1 daq o'qish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo Demokratik Respublikasining Ituri viloyatida tarqalayotgan Ebola kasalligini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb e’lon qildi.

Hozirda 246 ga yaqin odamda kasallikka gumon qilinmoqda, 80 kishi vafot etgan. Virusning 8 ta holati laboratoriyada tasdiqlangan. JSSTga ko‘ra, epidemiya hali pandemiya darajasiga yetmagan, ammo tarqalish xavfi yuqori. Kasallik qo‘shni Uganda hududida ham qayd etilgan, bu esa uning chegaradan tashqariga chiqish xavfini oshirmoqda.

Ebola tanadagi suyuqliklar orqali yuqadigan og‘ir infeksiya bo‘lib, yuqori isitma, holsizlik va ichki qon ketish kabi xavfli alomatlarni keltirib chiqaradi. JSST kasallanganlarni tezda izolyatsiya qilish va nazorat choralarini kuchaytirishni tavsiya qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News