• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Sharq taronalari” xalqaro festivali endi Namanganda o‘tkaziladi

“Sharq taronalari” xalqaro festivali endi Namanganda o‘tkaziladi
  • 3
  • 19.10.2023 08:03:00

“Sharq taronalari” xalqaro festivali endi Namanganda o‘tkaziladi

Qadimiy Axsikent shahrida turizm klasteri yaratiladi. Bugungi kunda bu yerda o‘nlab mehmonxonalar va boshqa infratuzilmalar barpo etilmoqda. Prezident tashabbusi bilan Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro festivali endilikda Namanganda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda YUNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida Axsikent arxeologik merosini muhofaza qilish va tadqiq qilish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Ikromov ma’lum qildi.

Namanganda ushbu muhim tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda: o‘nlab mehmonxonalar qurilib, zarur infratuzilma yaratilmoqda.
“Namangan viloyatining turizm salohiyati yuksalib bormoqda. Turizm klasteri yaratilmoqda, o‘nlab mehmonxonalar va boshqa infratuzilmalar barpo etilmoqda. Tez orada u yerda jahonga mashhur “Sharq taronalari” festivali bo‘lib o‘tadi”, – dedi Anvar Ikromov.
Ta’kidlash joizki, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Samarqand shahrida 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirildi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News